Şotlandiya aholisi hukumat AQŞ prezidenti Donald Trampning mamlakatga taşrifi vaqtida uning xavfsizligini ta'minlaşga 5 mln funt sterling (6,6 mln dollar) sarflaganidan aççiqlanmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari Trampning özining Trump Turnbery mehmonxonasiga taşrifi bilan boğliq xarajatlar soliq tölovçilar gardaniga tuşganidan norozilik bildirganlar. Trampning osoyiştaligini uning taşrifiga qarşi minglab namoyişçilardan himoyalaş uçun mehmonxonaga katta sondagi politsiya kuçlari tortilgan.

Bundan taşqari, namoyişlar ötgan Edinburg va Glazgoda ham xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. Tramp taşrifi vaqtida tartibni saqlaşga umumiy hisobda 5 mingga yaqin politsiyaçi jalb qilingan.

Şu tufayli şotlandiyaliklar Londonga Tramp uçun saflangan pullarni Vaşington zimmasiga qöyişni taklif qilişmoqda. Şu bilan birga Buyuk Britaniya ğaznaçiligi rahbari Elizabet Trass Şotlandiyaning xarajatlari qoplab berilişiga va'da bergan.