Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda eng ko‘p o‘rtacha ish haqi Toshkentda, eng kami esa Namanganda qayd etildi
2018 yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahrida qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotida keltirilgan.
Toshkentda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 2 252,1 ming so‘mni tashkil etgan. Bu respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 140 foizga ko‘pdir.
Navoiy viloyatida bu miqdor 2 153 ming so‘m (133,8 foiz), Toshkent viloyatida esa 1 768,5 ming so‘mni (109,9 foiz) tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich Namangan viloyatida 1 263,3 ming so‘mni (78,5 foiz), Samarqand viloyatida 1 273,6 ming so‘mni (79,2 foiz) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan eng past ko‘rsatkichlardir.
Statistika qo‘mitasining tahliliga ko‘ra, 2018 yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 609,1 ming so‘mni tashkil etgan.
Bunda ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.
Mavzuga oid
14:18 / 02.01.2026
2025 yil yakunlari: 302 ming oila kambag‘allikdan chiqdi
12:39 / 02.01.2026
Tayyor ovqat yetkazib berish bozorida narxlar ko‘tarildi
11:03 / 02.01.2026
Ta’lim sohasida bozor xizmatlari o‘smoqda: hududlar kesimida ko‘rsatkichlar
09:34 / 02.01.2026