Bugun, 16 iyul kuni Farğona şahrida Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi boş vaziri Qohir Rasulzodaning amaliy uçraşuvi bölib ötdi.
Delegatsiyalar tarkibiga vazirliklar va idoralar, yetakçi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari kiritilgan.
Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, boş vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, avvalo oliy darajada bölib ötadigan Özbekiston-Tojikiston uçraşuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilgan.
Şuningdek, joriy yilning mart oyidagi Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat taşrifi va prezident Emomali Rahmon bilan muzokaralari davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Ikki tomonlama hamkorlikning barça yönalişlari böyiça amalga oşirilayotgan turli darajalardagi aloqalarning yuqori samaradorligi qayd etilgan.
Özaro savdodagi ösişning ijobiy dinamikasi alohida ta'kidlangan. Ma'lum qilinişiça, savdo aylanmasi 2018 yilning birinçi yarmida ötgan yilga nisbatan 35 foizdan köproqga oşgan.
Uçraşuvda ikki mamlakat iqtisodiyoti bir-birini töldirişi va geografik qöşnilik va past transport xarajatlari tufayli raqobat ustunligiga egaligi ham ta'kidlab ötilgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi hamkorlikni faollaştiriş maqsadida tomonlar Işbilarmonlar kengaşining navbatdagi yiğilişini ötkaziş va Özbekiston va Tojikiston hududida ikki davlat işbilarmon doiralari faoliyati uçun qulay şaroitlar yaratişga kelişib olişgan.
Özbekiston tomoni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmonning Özbekistonga davlat taşrifi arafasida Toşkent şahrida «Tojikistonda işlab çiqarilgan» milliy sanoat körgazmasining hamda birgalikdagi Özbekiston-Tojikiston biznes-forumining ötkazilişini qöllab-quvvatlagan.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning ahamiyati haqida töxtalar ekan, Özbekiston va Tojikiston boş vazirlari özbek va tojik xalqlari örtasidagi birodarlik aloqalarini mustahkamlaşga qaratilgan tadbirlarni ötkaziş borasidagi qöşma harakatlarni kelişib olişgan.
Tomonlar barça sohalardagi ikki tomonlama aloqalarni yanada çuqurlaştirişga sodiqligini va ularni bundanda samarali va sermahsul bölişligi uçun barça zarur çoralarni körişga tayyorliklarini yana bir bor ta'kidlaşgan.













