Janubiy afrikalik astronomlar MeerKAT radioteleskopi yordamida galaktikamiz – Somon yöli markazidagi öta oğir qora tuynuk sohasini ilk bor suratga olişga muvaffaq bölişdi.
Öqçi A obekti sayyoramizdan Öqçi yulduzlar turkumi yönalişida 25 ming yoruğlik yili uzoqligida joylaşgan. Uning oğirligi Quyoşnikidan 4,3 mln marta kattaroqdir.
Bu soha hamişa gaz-çang bulutlari bilan qoplangan böladi va şu sababli uni oddiy teleskopda körişning imkoni yöq. Suratdagi hudud 1000x500 yoruğlik yilini qamrab oladi.
Suratda şuningdek qora tuynuk atrofida hozirça olimlar uçun sirli bölgan magnit filamentlarni (tolalar) köriş mumkin. Olimlarning ta'kidlaşiça, endi galaktikamiz markazidagi magnit maydonlar borasida fikr yuritiş mumkin.

MeerKAT teleskopi 2024 yilda Square Kilometre Array radiointerferometri tarkibiga kiradi. Square Kilometre Array’dagi antennalarning umumiy yiğuvçi maydoni 1 kvadrat kilometrdan köproqni taşkil qiladi. Bunday ölçamlar boşqa istalgan teleskopdan 50 marta köproq aniqroqlikka erişişga imkon beradi.

















