AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq rahbari Jon Brennan AQŞ prezidenti Donald Trampni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuv yakunlariga köra bergan matbuot anjumani sababli sotqinlikda aybladi. U bu haqda tvitterda yozgan.
“Donald Trampning Xelsinkidagi matbuot anjumandagi nutqi “öta oğir jinoyatlar va qilmişlar” tuşunçasi çegarasidan taşqariga çiqadi. Bu sotqinlikdan boşqa narsa emas. Trampning izohlari böş bölgani yetmaganday, u töliq Putinning çöntagida. Vatanparvar respublikaçilar, qayerdasiz?”, deb yozgan Brennan.
Trampga qarşi pozitsiyani egallaşi bilan tanilgan CNN telekanali ham Trampning matbuot anjumandagi nutqini şarmandalik deb atagan.
“Men körgan eng şarmandali narsa, bu sammitda AQŞ prezidentning Rossiya yetakçisi oldidagi şarmandali nutqi bölsa kerak”, deb aytgan teleboşlovçi.
Telekanaldagi dastur iştirokçilarini Trampning Rossiyaga AQŞdagi saylovlarga aralaşuv aybi qöyilayotgani böyiça pozitsiyasi aççiqlantirgan. Tramp öz nutqida Putin uni Moskvaning bu aralaşuvga aloqasi yöqligiga işontirganini aytgan.











