Vladimir Putin özini Rossiya ramzi deb hisoblamaydi. Bu holda, prezidentlik instituti uning uçun bayroq yoki madhiya singari mamlakat ramzi hisoblanişini qayd etgan.

«Men Rossiyaning ramzi bölişga urinayotganim yöq», — degan u AQŞ yetakçisi Donald Tramp bilan töliq formatli uçraşuvidan söng Amerikaning Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya davlat rahbari özining işi «Rossiya nima bilan maşğul ekanligi, nimalardan taşviş tortişi, barça davlatlar bilan munosabatlarni me'yoriga keltiriş uçun nimalarga qöl urişga tayyor ekanligini akslantirişi»dan umidvor ekanligini aytib ötgan.

U bunday davlatlar sirasiga Amerika Qöşma Ştatlarini ham kiritgan va uni buyuk davlat deb atagan.

Fox News telekanali Vladimir Putindan Rossiyaning Xelsinkidagi elçixonasida intervyu olgan. Suhbat 35 daqiqa davom etgan.