Içki işlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oşirildi. Bu haqda Özbekiston IIV rasmiy saytida xabar qilingan.
Podpolkovnik Saidanvar Saida'loyev IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimini egalladi.
Namangan viloyati içki işlar boşqarmasi Jinoyat qidiruv boşqarmasi boşliğiga podpolkovnik Bahrom Şerğoziyev yangi rahbar bölgan, Toşkent viloyati içki işlar boşqarmasi Qöriqlaş boşqarmasi boşliği lavozimini podpolkovnik Avaz Muratov, Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi Qöriqlaş boşqarmasi boşliği lavozimini kapitan Hojiakbar Abdullayev egallagan.
Şuningdek, respublika böylab yana 7ta tumanda IIB boşliği özgargan:
Podpolkovnik Dilmurod Ixvoldinov Andijon viloyati, Qörğontepa tumani içki işlar bölimi boşliği;
Podpolkovnik Azizbek Islamov Andijon viloyati, Paxtaobod tumani içki işlar bölimi boşliği;
Mayor Mansurbek Alixanov Andijon viloyati, Jalaquduq tumani içki işlar bölimi boşliği;
Kapitan Öktam Asqarov Jizzax viloyati, Şarof Raşidov tumani içki işlar bölimi boşliği;
Podpolkovnik Dilşodjon Umarov Qaşqadaryo viloyati, Nişon tumani içki işlar bölimi boşliği;
Podpolkovnik Zokir Suvanqulov Samarqand viloyati, Qöşrabot tumani içki işlar bölimi boşliği;
Podpolkovnik Şuhrat Abdujabbarov Toşkent viloyati, Böstonliq tumani içki işlar bölimi boşliği;
Bundan avvalroq Farğona viloyatining 5ta tumanida va bir şahrida IIBning yangi boşliqlari tayinlangani haqida xabar berilgandi.












