«Oriat Dono» radiosidagi «Futbol plyus» dasturining keçagi sonida şarhlovçi Davron Fayziyev qiziq bir gap aytdi. Yakunlangan jahon çempionati ğolibi haqida fikr bildirar ekan, Davron fransuzlarning u qadar yorqin öyin körsatmaganliklarini ta'kidladi va aynan şu çempionatdan keyin «qoyil, ana endi men ham Fransiya muxlisiman» deydiganlar köp topilmasligini aytdi. Men bu fikrga töliq qöşilaman.
Şu örinda öylab ham qoldim, biror jamoa muxlisiga aylaniş qanday şartlar asosida amalga oşadi? Jamoa juda kuçli va hujumkor öynaşi kerakmi? Yoki ajoyib fintlar va kombinatsiyalar muxlislarni öşa jamoa bemoriga aylantiradimi? Nima deb öylaysiz?
Masalan, men keyingi hayotim uçun özimga terma jamoa tanlagan 1994 yilgi mundialda Italiya terma jamoasi muxlisiga aylanib qolganman. Öşa Italiya u qadar kuçli emasdi, çiroyli öynamasdi. Guruhda tört jamoa bir xil oçko töplab, bir xil töplar nisbatiga ega bölgan - beçora Norvegiya kamroq gol urgani uçun sönggi örinni egallab qolgan xolos. Nigeriyani faqat sönggi daqiqadagi gol evaziga hisobni tenglaştirib, keyin yutib ketişgandi. Bolgariya bilan öyin çempionatning eng zerikarli öyinlaridan biri bölgandi, final ham.
Yoki aksariyat «Mançester Yunayted» muxlislaridan sörasam, öşa maşhur 1999 yilgi finalni yodga olişadi va aynan öşa oqşom «qizillar»ga muxlis bölib qolganliklarini aytişadi. Aslida öşa öyinda Fergyuson şogirdlari raqibdan ança kuçsiz öynaşgan, «Bavariya»ga açiniş kerak edi köproq, nazarimda. Yoki 2005 yildagi Istanbul oqşomi ham «Liverpul» muxlislari sonini karrasiga oşirib yuborgan. Xöş, bu sanalgan jamoalarning umumiyligi nimada?
Kombinatsion futbol? Yöq. Kuçli öyin? Yöq. Yulduz futbolçilar? Unçalikmas. Menimça, bu jamoalardagi umumiylik - emotsiya. His-hayajon. Bu jamoalar öşa turnirda yoki öyinda muxlislarga hayajon taqdim eta olişgan. Umuman, biror obektni yoqtirib qoliş, uning muxlisiga aylaniş emotsional jarayon - öşa paytda his qilingan tuyğular birlamçi vazifani bajaradi.
Öşa Italiyaga qaytsak. Sönggi daqiqalarda bir kişi kam bölib turgan holda, hisobni tenglaştiriş tomoşabinga qanday kuçli emotsiya berganini tasavvur qila olasizmi? Badjoning xatosi yoki? «Mançester Yunayted» va «Liverpul»ning bir qaragandagi imkonsiz vaziyati-çi?
Biz özimiz eslaydigan jahon çempionlariga yaxşilab e'tibor bersak, har bir turnirda bu jamoalarning yorqin, esda qolarli, hayajonli lahzalarini aytib bera olamiz. Tört yil oldingi çempion haqida gap borganda, tabiiyki, Braziliya ustidan qozonilgan 7:1 esga keladi. Afrikadagi mundialda Ispaniya ilk öyinda mağlubiyatga uçragandi, keyingi har bir öyinda dor ustida yurdi. Guruhdagi sönggi öyingaça ispanlarning keyingi bosqiçga çiqişlari aniq emasdi. Keyin Paragvay, Portugaliya...


















