Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston boks jamoasi ham ishtirok etadi.

«Olamsport.com» sayti boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan tarkibini ma'lum qildi:

-49kg: Hasanboy Do‘smatov

-52kg: Jasurbek Latipov

-56kg: Miraziz Mirzaxalilov

-60kg: Shunqor Abdurasulov

-64kg: Iqboljon Xoldorov

-69kg: Bobo-Usmon Boturov

-75kg: Isroil Madrimov

Ma'lumot uchun, bu yilgi o‘yinlar uchun vaznlar qisqartirilgan: -81kg, -91kg va +91 kg vazn toifalarida janglar o‘tkazilmaydi.

Biroz avvalroq yosh bokschi Isroil Madrimov O‘zbekiston jamoasining turnirdagi bayroqdori bo‘lishi ma'lum qilingandi.

Turnir 18 avgust kuni boshlanadi.