Oʻzbekiston baydarkachilari Yaponiyada boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarini navbatdagi oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritish bilan boshladi.

Shaxriyor Mahkamov erkaklar oʻrtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga birinchi boʻlib yetib keldi va Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi.

Shuningdek, baydarkada eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi aʼzosi Arina Tanatmisheva kumush medalni qoʻlga kiritdi. 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida ushbu sportchi marraga ikkinchi boʻlib yetib keldi.

photo_2026-09-26_07-33-58

Kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi aʼzolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi esa delegatsiya navbatdagi kumush medalni taqdim etishdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi turnirdagi oltin medallar sonini sakkiztaga yetkazdi va turnir jadvalida Qozogʻistonni quvib oʻtib, toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi.

Screenshot_12