Özbekistonda maktab direktorlarini saylaydigan Kuzatuv kengaşlari paydo böladi. Bu haqda hukumatdagi manba «Kun.uz»ga ma'lum qilgan.
Özbekiston Xalq ta'limi vazirligi rejalariga köra, kengaşlar faol ota-onalar va maktabning muvaffaqiyatli bitiruvçilaridan şakllantiriladi. «Kuzatuv kengaşlari Xalq ta'limi vazirligi tavsiyasiga köra direktorlarni tanlaş, maktabning byudjyet va nobyudjyet mablağlari, jumladan direktor jamğarmasini nazorat qiliş huquqiga ega böladi», deb aytilgan xabarda.
Yana bir muhim özgariş islohotlarni samarali amalga oşiriş maqsadida XTV boşqaruv idoralari strukturasini qayta körib çiqiş böladi. Xalq ta'limi vaziri vazirlik strukturasiga umumiy miqdor doirasida özgartirişlar kiritiş va xalq ta'limi sohasidagi barça masalalar böyiça yeçim qabul qiliş huquqiga ega böladi. Jumladan, vazir Davlat ta'lim standartlari, öquv rejalari, işçilarni rağbatlantiriş, xalq ta'limi sohasidagi xarajatlar smetasini mustaqil şakllantiriş huquqiga ega böladi.












