Buyuk Britaniyadagi faollar Google qidiruv tizimi algoritmlari işiga ta'sir körsatişga urinmoqda. Şu tariqa, ular «ahmoq» sözi böyiça qidiruv berilganida, qidiruv sörovi natijalari tasvirida AQŞ prezidenti Donald Trampning fotosuratini çiqarişiga erişişmoqçi. Bu haqda Business Insider yozmoqda.

Materialda ta'kidlanişiça, norozilik bildirayotganlar «ahmoq» sözini Tramp bilan boğlovçi maqolalarni e'lon qilmoqda, şuningdek, şunga öxşaş boşqa maqolalarni tarqatyapti. Şu tariqa, Google algoritmi «ahmoq» sözi böyiça sörov va Qöşma Ştatlar prezidenti fotosuratlari örtasida yangi aloqalarni yaratmoqda.

Bunday manipulyatsiyalardan effekt 19 iyul kuni payqaldi, öşanda qidiruvdagi «ahmoq» sözi böyiça sörovda Donald Trampning taxminan 10ta fotosurati çiqqan, deb yozmoqda Business Insider. Ayni damda norozilik bildirayotganlar bu tendensiyani saqlab qolişga urinmoqda.











