Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga prezidenti: «Ronaldu soliqlarni deb «Real»dan ketdi»
La Liga prezidenti Xaver Tebasning aytishicha, Krishtianu Ronalduning «Real»dan ketishiga Ispaniyadagi soliq stavkalari juda yuqori ekani sabab bo‘lgan.
«Ronaldu Italiyada ko‘proq pul topadi, sababi Ispaniyadagi bilan taqqoslaganda u yerdagi soliq stavkalari pastroq. Biz foyda keltirmaydigan sharoitda turibmiz. Ispaniya – soliqlar bo‘yicha top-ligalar ichida eng yomoni. Shuning uchun ham o‘yinchilar bu yerda ko‘p mablag‘ yo‘qotishadi. Bu muammo ustida bosh qotirishimiz kerak, chunki buning natijasida chempionatning potensiali tushib ketishi mumkin», - degan Tebasning so‘zlarini nashr etgan Marca.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu «Real»dan ketishidan oldin 13,5 million yevro soliq jarimasini to‘lagan, yana 5,3 million yevrolik qarshi qolgani ma'lum qilingandi.
Ispaniya soliq idorasi Ronalduni Italiyaga ko‘chib o‘tsa ham jarimani to‘lashdan qochib qutulolmasligidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026
Ronaldu nihoyat Saudiyada chempion bo‘ldi
20:28 / 19.05.2026