Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya elchisi: Tramp va Putin uchrashuvi AQShda bunday keskin reaksiyaga sabab bo‘lishini kutmagandik
Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov so‘zlariga ko‘ra, mamlakat yetakchisi Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zaro uchrashuvi AQShda «o‘ta keskin reaksiya» berishini kutmagan edi. Bu haqda «Gazeta.ru» yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, Antonov «Valday» xalqaro klubi uchrashuvida shunday bayonot bilan chiqqan.
«Biz reaksiya bo‘lishini kutgandik, biroq u bunday o‘ta keskin darajada yuz berishi haqida o‘ylamagan edik», - deya ma'lum qildi Antonov.
Avvalroq, Oq uy apparati rahbari Jon Kelli AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putin sammiti yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan qo‘shma matbuot anjumanida respublikachilarni Qo‘shma Shtatlar yetakchisini ochiq tanqid qilishga chaqirgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tramp Putin bilan munosabatlari qachon yomonlashishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026