Özbekistonda yarim yilda 192 trln sömlik quriliş işlari bajarildi. 42,5 mlrd sömlik soliqdan qoçiş holati foş etildi, Toşkentdan Mançesterga töğridan töğri reys oçilişi mumkin. Şuningdek, hayvonlarni majburiy röyxatdan ötkaziş boşlandi, Urgançda esa BYD haydovçisi uçta avtomobilni qasddan paçaqladi. Kunning şu va boşqa muhim xabarlari - mahalliy dayjyestda.
Özbekistonda yarim yilda 192 trln sömlik quriliş işlari bajarildi
Özbekistonda 2026-yilning birinçi yarmida 192 trillion sömlik quriliş işlari bajarildi.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, hududlar orasida Toşkent şahri 61,2 trillion sömlik körsatkiç bilan birinçi örinni egalladi.
Keyingi örinlarda Toşkent, Farğona va Buxoro viloyatlari qayd etilgan. Samarqand viloyatida esa yanvar–iyun oylarida 9,9 trillion sömlik quriliş işlari amalga oşirilgan.
42,5 mlrd sömlik soliqdan qoçiş holati foş etildi
Endi byudjyet va soliqlar bilan boğliq yirik holatga ötamiz. Boş prokuratura huzuridagi departament va Soliq qömitasi ötkazgan tekşiruvda 42,5 milliard sömlik soliqni qasddan tölamaslik holati aniqlandi.
Tergov ma’lumotlariga köra, 6 ta korxona mas’ullari 32,6 milliard sömlik qöşilgan qiymat soliğini byudjyetdan noqonuniy qaytarib olgan, şuningdek, qariyb 196 milliard sömlik mahsulotlarni naqd pulga sotib, tuşumlarni bankka topşirmagan.
Tekşiruvda Toşkent viloyati soliq boşqarmasining ayrim mas’ullari ham audit vaqtida 5,2 milliard sömlik soliqni hisoblamasdan hujjatlarni rasmiylaştirgani aniqlangan. Holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Toşkentdan Mançesterga töğridan töğri reys oçilişi mumkin
Xalqaro qatnovlar böyiça esa yangi yönaliş oçilişi mumkin. Özbekiston va Buyuk Britaniya Toşkentdan Mançesterga töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Masala Özbekiston elçisi va Manchester Airpors Group rahbariyati örtasidagi uçraşuvda körib çiqildi. Tomonlar yangi yönaliş ikki davlat örtasidagi biznes va turizm aloqalarini rivojlantiriş hamda Özbekistonning Yevropa bilan aviaboğliqligini kengaytirişga xizmat qilişini qayd etgan.
Uçraşuv yakunida reyslarni yölga qöyiş bilan boğliq taşkiliy masalalar böyiça hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi.
Özbekistonda hayvonlarni majburiy röyxatdan ötkaziş boşlandi
7-avgustdan Özbekistonda fuqarolar va taşkilotlar saqlaydigan yoki köpaytiradigan hayvonlarni majburiy identifikatsiya qiliş va davlat röyxatidan ötkaziş tartibi kuçga kirdi.
Yangi qonunga köra, qoramol, qöy, eçki va tuyalar tuğilganidan 14 kun, çöçqalar bir oy, it va muşuklar uç oy, otlar esa tört oy ötgaç identifikatsiya qilinişi kerak. Belgilangan muddat tugagaç, hayvon bir oydan keçiktirmay davlat röyxatidan ötkaziladi.
Xorijdan saqlaş yoki köpaytiriş uçun olib kirilgan hayvonlar esa 21 kun içida identifikatsiya qilinişi şart. Hayvon söyilsa, nobud bölsa yoki çetga olib çiqilsa, yetti kun içida davlat hisobidan çiqariladi.
Urgançda BYD haydovçisi uçta avtomobilni qasddan paçaqladi
Urganç şahrida özaro kelişmovçilik ortidan BYD Chazor haydovçisi uçta avtomobilni qasddan urgani aks etgan video tarqaldi.
Xorazm viloyati IIB ma’lumotiga köra, 4-avgust kuni ikki fuqaro örtasida kelişmovçilik kelib çiqqan. Şundan söng ulardan biri BYD Chazor avtomobilida Cobalt, yana bir BYD Chazor va Damas’ga qasddan şikast yetkazgan.
Hodisada odamlar jabrlanmagan. Içki işlar xodimlari haydovçining harakatlarini töxtatgan, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.
Özbekistonda ilk bor aerologik şar uçirildi
Endi ilm-fan va ob-havo kuzatuvlariga oid qiziq yangilik. Buxoro viloyatida Özbekiston mustaqilligi yillarida ilk bor aerologik şar sinov tariqasida muvaffaqiyatli uçirildi.
Şarga örnatilgan meteozond turli balandliklarda havo harorati, namlik, atmosfera bosimi, şamol tezligi va yönalişini ölçab, ma’lumotlarni yerdagi stansiyaga uzatadi.
Mutaxassislarga köra, bu texnologiya ob-havo prognozlari aniqligini oşiriş, xavfli gidrometeorologik hodisalarni ertaroq aniqlaş, şuningdek, aviatsiya va qişloq xöjaligini aniqroq meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlaş imkonini beradi.
Markaziy bank «Oltin Oy Kredit» nomli soxta bankdan ogohlantirdi
Dayjyestni Markaziy bankning muhim ogohlantirişi bilan yakunlaymiz. Markaziy bank internetda «Oltin Oy Kredit» nomi bilan soxta bank litsenziyasi tarqatilayotganidan ogohlantirdi.
Regulyator ma’lumotiga köra, Özbekistonda bunday nomdagi aksiyadorlik-tijorat banki mavjud emas va unga Markaziy bank tomonidan heç qanday litsenziya berilmagan.
Fuqarolarga moliyaviy taşkilotlarga oid ma’lumotlarni Markaziy bankning rasmiy manbalari orqali tekşiriş tavsiya etildi.
















