AQŞning Time jurnali öz muqovasida AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin yuzining qorişma suratini joyladi. Bu haqda naşr saytida ma'lum qilindi.  

Jurnalning uşbu surat aks etgan soni 30 iyulda bosilişi kutilmoqda.

Şuningdek, naşr tvitterdagi sahifasida Trampning yuzi Putinning yuziga aylanuvçi videoni joylaştirgan. 

Xabarda aytilişiça, “qorişma yuz”ni ikki yetakçining Xelsinkidagi uçraşuvidan ilhomlanib rassom Nensi Burson hosil qilgan. Rassomning aytişiça, u bu surat bilan Putin va Trampning öxşaşligini körsatmoqçi bölgan.