Uzoq yillar davomida Toşkent şahrida köp qavatli uylar qurilmagan. Oqibatda aholi orasida uy-joyga bölgan ehtiyoj ortib ketgan.
Prezident taşabbusi bilan 2017 yildan boşlab mamlakatning barça şaharlarida turar-joyga muhtoj oilalar uçun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar quriş boşlandi. Jumladan, Toşkent şahrining Sergeli tumanida ötgan yili 102ta köp qavatli arzon uylar qurilib, 4 ming 88ta oila öz uyiga ega böldi.

Joriy yilda Toşkent şahrida 28 ming xonadonli 638 ta köp qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334tasi arzon uy-joylar bölib, bu ötgan yilga nisbatan 3 barobar köpdir.
Jumladan, Sergeli tumani “Çoştepa” mahalla fuqarolar yiğini hududida çet ellik investorlar iştirokida 72ta 7 qavatli uy qurilişi boşlangan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev mazkur uylar loyihasi bilan tanişdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
«Toşkentda heç qaçon bir yilda 638ta köp qavatli uy qurmaganmiz. Bitta mavzeda 72ta 7 qavatli uy rejalaştirmaganmiz. Bu poytaxtimizdagi bunyodkorlik, xalqimiz talabini qondiriş yölidagi işlarimiz miqyosidan bir dalolat. Tasavvur qilinglar, bu uylar qança odamlarga işonç, qança oilalarga fayz-baraka olib keladi» dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari uylar qurişning zamonaviy yutuqlarini özlaştiriş, bunday uylarni boşqa joylarda ham loyihalaştiriş böyiça topşiriqlar berdi.




Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri yer usti metrosining birinçi bosqiçi qaçon işga tuşirilişi ma'lum bölgandi.











