AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yangi uçraşuv ötkaziş istagini bildirdi. U bu haqda 19 iyulda tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

Trampning aytişiça, Xelsinkidagi sammit ba'zi “yolğonçi naşrlar” tomonidan qanday taqdim qilinişiga qaramasdan, juda muvaffaqiyatli ötgan. “Biz muhokama qilgan hajmdagi bir qator masalalarni, jumladan terrorçilikka qarşi kuraş, Isroil xavfsizligi, yadroviy qurolni tarqatmaslik, kiberhujumlar, savdo, Ukraina, Yaqin Şarqdagi tinçlik, Şimoliy Koreya va boşqa masalalarni amalga oşirişni boşlaş mumkin bölişi uçun yangi uçraşuvimizni kutib qolaman”, deb aytgan Tramp.

Tramp qöyilgan savollarga köplab javoblar borligini, ulardan ba'zilari murakkab, ba'zilari oson ekanligini qöşimça qilgan. “Biroq ularning BARÇASI hal qilinişi mumkin”, deb yozgan Tramp. 

Tramp va Putinning ilk töliq formatli uçraşuvi Xelsinkida 16 iyulda bölib ötgan. Muzokaralar 4 soatga yaqin davom etgan.