AQŞ prezidenti Donald Tramp agar Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlar yaxşilanmasa, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aşaddiy duşmaniga aylanişga va'da berdi. U bu haqda CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.  

“Barak Obama Moskva uçun mutlaq balogardon bölgan. Men esa uzoq yillar davomidagi boşqa istalgan prezidentdan köra Rossiyaga nisbatan qattiqqölroqman. Ehtimol, har qaçongidan qattiqqölroqman. Putin bilan, Rossiya bilan çiqişiş ijobiy hol böladi. Agar bu iş bermasa, unda Putin uçun aşaddiy duşmanga aylanaman”, deb aytgan Tramp.  

19 iyulda Tramp özining yordamçisi Jon Boltondan Putinni Vaşingtonga taklif qilişini söragan. Undan avval Tramp Putin bilan yangi uçraşuv kutib qolişini aytgan.