O‘zbekiston SSSR davridagi pensiya yoshiga ega bo‘lgan yagona davlatga aylanishi mumkin
O‘zbekiston SSSR davridagi pensiya yoshiga ega bo‘lgan yagona davlat bo‘lishga yaqinlashdi - Rossiya Davlat dumasi pensiya yoshini oshirish haqidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Davlat dumasi yalpi majlisida qonun loyihasini qabul qilish uchun 328 deputat ovoz berdi, 104 nafari qarshi chiqdi, betaraf qolganlar bo‘lmadi.
Rossiya hukumati pensiya yoshini 2019 yildan 2034 yilgacha asta-sekin ko‘tarib borishni taklif qilmoqda. Yakunda erkaklarning pensiyaga chiqishi 60 dan 65 yoshga, ayollarniki - 55 dan 63 yoshga oshiriladi.
Rasmiylarning ma'lum qilishicha, bu, xususan, pensiyalarni inflyatsiyadan ortiq bo‘lgan sur'atda oshirish imkonini beradi.
Spot’ning yozishicha, O‘zbekiston va Rossiya - SSSR davrida o‘rnatilgan pensiya yoshi Sobiq ittifoq makoni davlatlari orasida saqlanib qolayotgan yagona davlatlardir. Qolgan barcha mamlakatlarda pensiya islohoti o‘tkazildi.
Hozir O‘zbekistonda 3,3 mln.dan ortiq kishi (2018 yil 1 may holatiga ko‘ra) pensiya va nafaqalar oladi, ulardan 103,1 ming kishi (yoki 3,2 foiz) ishlovchi pensionerlar hisoblanadi. Ular orasidan 26,7 ming kishi (ishlovchi pensionerlar umumiy sonidan 26 foiz) pensiyani to‘la hajmda oladi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab islohot loyihasi doirasida byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiya to‘lash taklif qilinmoqda.
Moliya vazirligining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, buning uchun 363 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ talab etiladi, ular fond daromadlarining to‘liqligini ta'minlash, shuningdek, fuqarolarni ijtimoiy sug‘urta tizimiga jalb etish hamda ish joylarini legallashtirish orqali ta'minlanadi.
Mavzuga oid
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi
11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida
15:14 / 21.11.2022