Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya sobiq prezidentiga yana 8 yil muddat qo‘shib berildi
REUTERS/Kim Hong-Ji/File Photo
Janubiy Koreya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Pak Kin Xega byudjyetni o‘zlashtirgani va parlament faoliyatiga aralashgani uchun qo‘shimcha 8 yillik qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda «Yonhap» agentligi xabar tarqatgan.
Seul markaziy sudi unga allaqachon 24 yillik qamoq jazosini tayinlagandi.
Pak xonim korrupsiya jinoyatini sodir etgan, Milliy razvedka xizmatidan qariyb 30 mlrd. von (26.49 mln. AQSh dollari) miqdorida davlat mablag‘larini o‘zlashtirish uchun sobiq yordamchilari bilan til biriktirgan. Shuningdek, parlamentar saylov faoliyatida korruptsion jinoyatga qo‘l urgan. 66 yoshli sobiq davlat rahbari unga qo‘yilgan aybni rad etdi va sudda ishtirok etmadi. Unga aprel oyida quyi sud tomonidan poraxo‘rlik, lavozimni suiiste'mol qilish, majburlash ayblovlari qo‘yildi.
Janubiy Koreyada korrupsiya mojarosi 2016 yil oktabrda, matbuotda Pak Kin Xening dugonasi Tsoy Sun Sil fondiga mablag‘ o‘tkazish evaziga yirik korporatsiyalar, xususan Samsung hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlangani haqidagi xabarlar chop etilganidan so‘ng avj olgandi. Tsoy Sun Sil yuqori davlat lavozimiga ega bo‘lmagan holda prezident ma'muriyati ishlariga aralashgan.
Pak Kin Xe 2017 yil aprelida qo‘lga olingan. Unga korrupsiya, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish, davlat ma'lumotlarini oshkor qilish kabi 18ta modda bo‘yicha ayblov e'lon qilingan.
Mavzuga oid
14:32 / 24.01.2026
Janubiy Koreya birinchilardan bo‘lib sun’iy intellektni tartibga solishni boshladi
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
19:52 / 21.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Xan Dok Su isyon ishi bo‘yicha 23 yilga qamaldi
13:42 / 16.01.2026