AQŞning Missuri ştatida qayiqning ağdarilib ketişi oqibatida 13 kişi, jumladan bolalar halok böldi. Bu haqda ştat politsiyasiga iqtibos keltirgan holda ABC News ma'lum qildi.
Stoun okrugi şerifining aytişiça, qayiq bortida 29 yölovçi va ekipajning 2 a'zosi bölgan. 7 kişi şifoxonaga yetkazilgan, 4 kişi bedarak yöqolgan.

Ta'kidlanişiça, qayiq kuçli pörtana vaqtida ağdarilib ketgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp halokat qurbonlari va jabrlanuvçilar oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.











