Özbekiston Içki işlar vazirligi sobiq boş prokuror Raşid Qodirovning öğli Alişer Raşidoviç Qodirovni qidiruvga bergani haqida avval xabar qilingan edi.

Ayni paytda, sobiq boş prokurorning öğli hamon Özbekiston Içki işlar vazirligining qidirilayotgan şaxslar röyxatida.

Ma'lumotlarga köra, Alişer Qodirov tovlamaçilik va firibgarlikda ayblanmoqda.

Şu bilan birga, xorij matbuotining xabar berişiça, Ispaniyada uning dösti, IIV tomonidan qidiruvda bölgan Alişer Xodiyev qölga olingan.

Alişer Xodiyev Alişer Qodirovning talabalik yillaridan beri dösti sanalgan.

U joriy yilning 10 mart kuni Barselonada Ispaniya politsiyasi xodimlari tomonidan qölga olingan.

Ehtimol, Özbekiston huquq-tartibot idoralarining sa'y-harakati bilan Alişer Qodirov ham yaqinda qölga olinadi.

Eslatib ötamiz, 24 fevral kuni Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Raşid Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida uşlangani haqida xabar berilgan edi. Qodirovga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan. U Boş prokuraturani 15 yil davomida boşqargan va 2015 yil aprel oyida işdan böşatilgan.