Özbekiston Respublikasi sobiq boş prokurori Raşidjon Qodirovning öğli Alişerbek Qodirov Özbekiston Içki işlar vazirligi tomonidan qidiruvga berildi. IIV rasmiy saytida bu borada tegişli ma'lumot e'lon qilingan.

Qayd etilişiça, 1979 yilning 21 aprel kuni tuğilgan A.Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi A-bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamaçilik), 165-moddasi 3-qismi A-bandi (juda köp miqdordagi tovlamaçilik), 168-moddasi 3-qismi A-bandi (köp miqdordagi firibgarlik), 168-moddasi 4-qismi A-bandida (juda köp miqdordagi firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda gumonlanmoqda.

Eslatib ötamiz, 24 fevral kuni Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Raşid Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida uşlangani haqida xabar berilgan edi. Qodirovga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan. Şuningdek, uşbu jinoyat işi böyiça boş prokurorning sobiq örinbosarlari hamda Toşkent viloyatining sobiq prokurorlari bölmiş Jamşid Fayziyev va Uluğbek Sunnatov uşlangan.