20 iyul kuni AT&T kompaniyasi Oklaxoma, Şarlotta va Reley (Şimoliy Karolina) şaharlarida simsiz aloqa tarmoği faoliyatida yangi xizmatni yölga qöyişni rejalaştirmoqda.
Ma'lum qilinişiça, AQŞda 5Gni işga tuşiriş jarayoni jadal sur'atlar bilan amalga oşmoqda. AT&Tning raqiblari T-Mobile va Sprint Corp ham loyihaga katta sarmoya kiritiş niyatida. Mamlakatdagi eng yirik simsiz aloqa operatori - Verizon Communications korporatsiyasi 5Gni taşkillaştirişga mas'ul etib rahbariyat tuzilmasi tarkibida boş texnolog direktori lavozimi taşkil etdi.
AT&T boş texnologi Andre Fuyetş jurnalistlarga bergan intervyusida yangi avlod aloqa tarmoği yil oxirigaça xizmat körsata boşlaşini, lekin aniq kuni belgilanmaganligini aytgan.
Kompaniya bundan oldin Atlanta, Dallas, Veko va Texasda ham şunday imkoniyat yaratilişi haqida xabar bergandi. Aynan uşbu şaharlarning tanlanişiga sabab - AT&T uçun uşbu hududlarda kerakli infratuzilmani örnatişga barça şaroitlar yaratilgan. Fuyetş texnologiyani quçoq oçib kutib oladigan şaharlar bilan hamkorlik qilganligini ta'kidladi.
5Gga möljallangan smartfonlar 2019 yilgaça yaratilmasligi aniq. Şunga köra,kompaniya foydalanuvçilarga mavjud uyali aloqa vositalari bilan 5G tarmoğiga kirişga yordam beradigan maxsus qurilma işlab çiqiş niyatida.












