«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourino klubning yangi sardori nomini e'lon qildi.

Ötgan mavsumda jamoaga Maykl Kerrik sardorlik qilgan, Antonio Valensiya esa vitse-sardor bölgan edi. 

«Bu yil boğiçni Valensiya oladi, u ötgan mavsumda vitse-sardor edi, demak bu borada yangilik yöq. U maydonda yöq bölgan hollarda esa köramiz, Kris Smolling, Eşli Yang, Ander Errera yoki Xuan Mata, mana şulardan birini tanlaymiz» — dedi Mourino.

Eslatib ötamiz, Antonio Valensiya ötgan mavsumda «Mançester Yunayted»ning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan edi.