Kataloniyaning sobiq yetakçisi Karles Puçdemonga Germaniyani tark etişga ruxsat berildi. Şlezvig-Golşteyn yeri oliy sudi siyosatçining Ispaniyaga ekstraditsiya qilinişini bekor qildi. 

Şu tariqa Puçdemonning Germaniyadan Ispaniyaga ekstraditsiya qilinişi işi rasman yopilgan.

Avvalroq Madriddagi oliy sud Puçdemonning hibsga olinişiga xalqaro orderni bekor qilgan va uning topşirilişi istagidan voz keçgan. Ispan sudi nemis sudi Puçdemon Ispaniyaga isyonni taşkillaştiriş ayblovi böyiça emas, faqatgina davlat mablağlarini suiiste'mol qiliş ayblovi bilangina ekstraditsiya qilinişini mumkinligini tan olgandan keyin şunday qarorga kelgan. 

Puçdemon 2017 yil oktabrda Kataloniya muxtor viloyatining Ispaniyadan mustaqil bölişi böyiça referendumni taşkillaştirişda ayblanib keladi. Puçdemon muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, Belgiyaga qoçgan, mart oyida esa Germaniya hududi orqali ötayotganda hibsga olingan.