“Samarqand viloyatida kiçik sanoat zonalarini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, jami 62,45 ga hudud Samarqand viloyat kiçik sanoat zonalari tarkibiga qöşimça ravişda kiritildi.

Şuningdek, qaror bilan kiçik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va işlab çiqariş infratuzilmasini tiklaş işlarining manzilli röyxati tasdiqlandi. Unga köra, manzilli röyxatda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oşiriş uçun umumiy qiymati 8 621,0 million söm miqdoridagi mablağ sarflanişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, 2018 yil 16 martda prezident qaroriga asosan Samarqand viloyatining 14 ta tuman (şahar)larida jami 53,1 gektar maydonda kiçik sanoat zonalari (KSZ) taşkil etilgan edi.

KSZ hududidagi davlat köçmas mulki tadbirkorlik sub'yektlariga biznes rejalarini bajariş, iş örinlarini yaratiş va saqlaş, barça turdagi soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni öz vaqtida tölaş şarti bilan keyinçalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.