Suriyani 2011 yilda harbiy harakatlar boşlangandan keyin deyarli 7 mln kişi tark etgan. Ulardan 1,5 mln nafari yaqin orada öz uylariga qaytişga tayyor, deb ma'lum qildi Rossiyaning mudofaani boşqariş milliy markazi boşliği general-polkovnik Mixail Mizintsev.

“2011 yildan boşlab Suriyani 6 mln 900 ming kişi tark etgan”, deb ma'lum qilgan Mizintsev. 

Uning ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda suriyalik qoçqinlar 45 ta davlatda yaşamoqda. Ulardan aksariyati Turkiya bilan çegaradoş hududlarda, Livan, Iordaniya va Iroqda qönim topgan. 

Mizintsevning ta'kidlaşiça, Suriyaning harbiy harakatlardan eng kam talofat körgan 76 ta aholi punktida hozirdayoq 336,5 ming kişi joylaştirilişi mumkin. “Ularga birinçi navbatda Livan va Iordaniyadan qoçqinlar qaytişi közda tutilgan”, deb qöşimça qilgan Rossiya vakili.