2018 yil 19 iyul kuni Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan Jahon Bankining ta'lim sohasi vakillari bilan uçraşuv ötkazildi. Unda Jahon Bankining ta'lim böyiça boş mutaxassisi Yansen Teyşeyr (Janssen Teixeira) va loyihalar böyiça mutaxassisi Julia Liberman (Julia Liberman) iştirok etdi. Bu haqda inspeksiya rasmiy sayti xabar bermoqda.

Özbekistonda baholaş tizimi faoliyati bilan tanişuv, baholaşda nazariya va dalillar, baholaş usullari va farqlari, baholaş tizimi tavsifi, Özbekistonda baholaş tizimini modernizatsiya qiliş böyiça harakatlar rejasini muhokama qiliş qiliş kabi masalalar uçraşuv kun tartibidan örin oldi.
Joriy yilning 17 iyul kuni PISA xalqaro dasturi boşqaruv kengaşi öz javob xatida Özbekistonning PISA-2021 dasturida iştirok etiş taklifini ma'qullab, ikki tomonlama şartnomaning oxirgi mukammallaştirilgan şaklini taqdim qilgan edi.
Mazkur şartnomaga köra, dasturda iştirok etiş xarajatlari jami 665 000 yevro bölib, şundan 205 000 yevro dasturda iştirok etiş tölovi va 460 000 yevro ilk marotaba qatnaşayotgan rivojlanayotgan davlatlar salohiyatini rivojlantirişga doir şerikçilik şartnoma tölovi hisoblanadi. Uşbu tölovlar 4 yil mobaynida yiliga teng miqdorda bölib tölaş yöli bilan amalga oşiriladi. Bunga qöşimça ravişda, PISA dasturini Özbekistonda joriy etişga mas'ul Milliy markaz faoliyatini taşkil etiş xarajatlari 300 000 yevroni taşkil qiladi. Keltirilgan masalalar yuzasidan Jahon Banki vakillari tomonidan turli çora-tadbirlar tavsiya qilindi. Jumladan:
1. Investitsiya loyihasi. Uşbu loyiha asosan Jahon Banki guruhi mablağlari yoki donorlar (işonçli fondlar) tomonidan loyihalaştiriladi. Bu turdagi loyiha mavjud yoki yangi loyihalar asosida amalga oşirilişi mumkin. Jahon Banki tomonidan moliyalaştiriladigan loyihalarga juda kam miqdorda foiz stavkalari belgilanadi. Grantlar esa mutlaqo tekindir. Ular işonçli fondlar mablağlari hisobidan amalga oşirilişi mumkin.

2. Jahon banki byudjyetidan moliyalaştiriladigan texnik yordam. Jahon Banki öz mijozlariga maqsadli texnik yordam körsatişga qodir, bu boradagi vazifalar hukumat vakillari bilan strategik muhokama qilinadi. Bular asosan Jahon Banki tomonidan moliyalaştiriladigan yoki bank xodimlari amalga oşiradigan keng kölamli vazifalar doirasiga kirmaydi.
















