Texas universiteti olimlarining fikriça, tiş pastasi ikkinçi turdagi qandli diabetni çaqirişi mumkin. Bu haqda Chemical Research in Toxicology jurnali xabar bermoqda.
Tadqiqot ma'lumotlariga köra, tiş pastasida bor bölgan E171 titan dioksidi qandli diabetni keltirib çiqarişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, olimlar diabet bilan kasallaniş sonining ösişini tarkibida E171 bor bölgan tiş pastasi va kosmetikaning ommaviy işlab çiqarilişi bilan boğlaşmoqda.
Şu bilan birga, mutaxassislar öz taxminlarini 11 kişidan iborat guruhda ötkazilgan tadqiqot yordamida tasdiqlaşdi.
Natijalarga köra, sakkiz kişidan olingan tahlil namunalarida titan dioksidi aniqlandi va ularning bari ikkinçi turdagi diabetdan aziyat çekkan.
Hozirgi vaqtda olimlar kattaroq guruhda tadqiqot ötkazişni möljallamoqda.












