Toşkent şahar hokimligi va hokimlik huzuridagi Jamoatçilik kengaşi Toşkent şahrining gerbini işlab çiqiş uçun professional tanlov e'lon qildi.
Ma'lumotlarga köra, tanlovda tasviriy san'at, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama va boşqa tegişli faoliyat sohalari böyiça mutaxassislik yoki professional tajribaga ega bölganlar iştirok etişi mumkin.
Iştirok etiş uçun quyidagilar zarur:
1. Tanlov töğrisidagi nizom va texnik vazifa bilan tashkent.uz saytida tanişiş.
2. Toşkent şahri gerbini işlab çiqiş va ğoyani ta'riflaş.
3. Grafik fayl hamda ta'rif matnini, şuningdek, boğlaniş uçun ma'lumotlarni [email protected] elektron manziliga yuboriş. Xat mavzusida «Şahar ramzi (gerbi) tanloviga» deb körsatilişi zarur.
Işlarni qabul qiliş: 2018 yilning 18 avgust kuni soat 24:00ga qadar.
Yakunlar 2018 yilning 25 avgust kuni sarhisob qilinadi va Toşkent şahar hokimligi saytida ma'lumot beriladi.
Mukofot jamğarmasi: 10 mln söm va tanlov hamkorlaridan qimmatbaho sovğalar.
Yakuniy natijalarga köra, bitta ğolib, ikkita ikkinçi örin, uçta uçinçi örin sovrindorlari aniqlanadi va ular munosib rağbatlantiriladi.












