2018 yil 23 iyul kuni Özbekiston Milliy matbuot markazida Özbekiston matbuot va axborot agentligi tizimida faoliyat yurituvçi «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy naşriyoti tomonidan çop etilgan «Ma'nolar maxzani» va «Yoş rahbar ensiklopedik luğati» nomli kitoblar taqdimoti bölib ötadi.

Taqdimotda vazirliklar, davlat va nodavlat taşkilotlari, OAV vakillari hamda «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» DIN jamoasi iştirok etadi.

Şuningdek, «Ma'nolar maxzani» hamda «Yoş rahbar ensiklopedik luğati» kitoblari taqdimotida bevosita ma'ruza qiliş uçun taniqli olimlar, jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yoş rahbarlarning iştirok etişi rejalaştirilgan.