Downdetector portali bergan xabarga köra, Telegram messenjeri foydalanuvçilari undan foydalanişda muammoga duç keldi.

Tizimdagi uzilişlar 22 iyul kuni Toşkent vaqti bilan soat 13:00da Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Misrda kuzatilgan. Şuningdek, AQŞning bir neçta ştatlaridan ham messenjer işidagi nosozliklar bilan boğliq şikoyatlar kelib tuşgan.

Qayd etilişiça, foydalanuvçilarning 48 foizi xizmatga ulaniş bilan boğliq muammoga duç kelişgan, 27 foizi röyxatdan öta olmagan bölsa, yana 23 foiz foydalanuvçi xabarlar jönatiş va qabul qilişda muammolarga duç kelgan.

Oxirgi marta Telegram işida nosozliklar 1 iyul kuni közga taşlangan edi. Öşanda messenjer Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Fransiya davlatlarida işlamay qolgan edi.