Britaniyaning Daily Mail nashri Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp 16 iyulda Xelsinkidagi uchrashuvga kelgani aytilayotgan samolyotlarni taqqosladi.

Foto: RIA Novosti/Mixail Klimentev
Foto: US Navy

Jurnalistlarning yozishicha, Putinning Il-96 samolyoti Trampning modifikatsiyalangan Boeing 747-200B samolyotidan 500 mln dollar arzonroq turadi. Shuningdek, ikki samolyotning maksimal tezligi ham farqlanadi: Il-96’ning maksimal tezligi soatiga 900 kmni, Boeing’niki soatiga 1000 kmni tashkil qiladi. Shuningdek, Il-96 uzunligi 65 metrga, Boeing’niki 70 metrga teng. 

Il-96. Foto: kungurov.livejournal.com
Il-96. Foto: kungurov.livejournal.com

Maqola mualliflari shunga qaramay, Putinning samolyoti Trampnikidan hashamatliroq ekanligini aytishgan. Putinning samolyotida sport zali, lyuks vanna hamda King-size o‘lchamidagi karavot bor. “Boingda” esa bunday sharoitlar yo‘q. 

Il-96. Foto: Daily Mail
Il-96. Foto: Daily Mail