“Mersedes” jamoasining britaniyalik poygaçisi Lyuis Xemilton “Formula-1” poygasining Germaniya bosqiçida 14-örindan start olib, ğolib bölişga muvaffaq böldi. 

2-örinni uning jamoadoşi Valteri Bottas qölga kiritdi. Marraga uçinçi bölib “Ferrari” a'zosi Kimi Raykkonen keldi. Butun poyga davomida yetakçilik qilgan Sebastyan Fettel 52-aylanada boşqaruvni qöldan çiqarib, trassadan çiqib ketgan.

Xemilton uşbu ğalaba evaziga 188 oçko bilan umumiy jadvalda yana 1-öringa qaytdi. Fettel 171 oçko bilan 2-öringa tuşib ketdi. 3-örinni 131 oçko bilan Raykkonen egallamoqda.