XXR TIV rasmiy vakili Gen Şuanning ma'lum qilişiça, Xitoy AQŞ bilan savdo uruşi olib borişga intilayotgani yöq. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Agarda AQŞ tomonidan tobora avj oldirib borilayotgan savdo uruşi haqida gapiradigan bölsak, u holda Xitoy bunday uruşni xohlamaydi, biroq biz qörqmaymiz ham va kerak bölsa jang olib borişga majbur bölamiz. Bu bizning qat'iy va aniq pozitsiya, hamda uni avval köp bora ma'lum qilib ötgandik», - dedi Şuan.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Xitoy tomoni AQŞga «sovuqqonlikni saqlab qoliş va tegişli muammolarga aqlni işlatgan holda yeçim topişni» maslahat beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Xitoy bilan savdo kelişuviga erişişga tayyor ekani, XXRga talab qöyilgani xabar berilgandi.