«Real» 19 yoşli darvozabon Andrey Lunin bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda madridliklar «tvitter» sahifasi bergan xabarga köra, kelişuvni imzolaşda klub prezidenti Florentino Peres ham iştirok etgan.
Çempionlar ligasining amaldagi ğolibi ukrainalik posbon transferi haqida bundan bir oy ilgari – 22 iyun kuni e'lon qilgandi. 6 yilga möljallangan şartnoma bugundan kuçga kirdi.
Marca xabariga köra, «Real» Lunin uçun «Zare» klubiga 8,5 million yevro tölagan.
Ötgan mavsumda darvozabon Lugansk klubi safida barça musobaqalar doirasida 36 öyinda maydonga tuşib, 54ta gol ötkazib yuborgan, 10ta öyinda öz darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgandi.












