Rossiyadan Amur daryosi orqali Xitoyga qurilayotgan ko‘prik toshqin oqibatida yuvilib ketdi. Voqea videosi “Amur.info” nashri tomonidan e'lon qilindi.

Suv sathi ko‘tarilgani sababli ko‘prikning 4 ta prolyoti qulab tushgan hamda qurilish krani suvga cho‘kkan.
Ma'lum qilinishicha, toshqin holatiga oldindan ko‘rilgan chora-tadbirlar evaziga jabrlanganlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan.
















