Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisini tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Özbekiston rahbari 23 iyul kuni Misr Arab Respublikasi yetakçisini Inqilob kuni munosabati bilan tabriklagan.
Ma'lumot uçun, Iyul inqilobi - 1952 yilda Misrda milliy-ozodlik inqilobi boşlanişini belgilab bergan töntarişning umumiy nomidir. 23 iyul kuni Misrda iyul inqilobi (Revolution Day in Egypt) nişonlanadi, u milliy bayram va dam oliş kuni hisoblanadi.
Inqilob Ikkinçi jahon uruşidan keyin arab xalqlari milliy-ozodlik harakati va Yaqin Şarqdagi Britaniya imperializmi pozitsiyalarining zaiflaşişi holatida sodir bölgan.
1952 yil 23 iyulga ötar keçasi «Ozod zobitlar» maxfiy taşkiloti a'zolari, Jamol Abdul Nosir boşçiligidagi bir guruh harbiylar töntarişni amalga oşirdi va qirol Farruhni hokimiyat tepasidan çetlaştirdi. 26 iyulda qirol taxtdan voz keçdi va mamlakatni tark etdi. Hokimiyat Inqilobni boşqariş kengaşiga ötdi. Harbiy töntariş natijasida hokimiyat tepasiga kelgan yoş zobitlar armiyaga tayangan, ularning asosiy maqsadi Misrni töliq milliy ozod qiliş hamda mustaqil rivojlaniş uçun şart-şaroit yaratiş bölgan.












