Qozoğistonning Aqtöbe viloyati Irgiz tumani sudida 52 nafar özbekistonlik yölovçining hayotiga zomin bölgan avtobus işi böyiça dastlabki majlis boşlandi. Bu haqda «Kazinform» xabar qilmoqda.

«Bugun, 24 iyul kuni ertalab soat 10da Irgiz tuman sudi binosida yonib ketgan avtobus işi böyiça dastlabki sud majlisi boşlandi. Maksat Pernebekov, Nurjan Qirğizboyev, Barat Tanatov, Tilepbayev va Pardebayevga nisbatan oçilgan jinoiy iş 9 iyul kuni kelib tuşdi. Sud Irgiz tumani sudida bölib ötmoqda, sababi aynan şu hududda Özbekistonning 52 nafar fuqarosi hayotiga zomin bölgan avtobusda yonğin yuz bergan», - deydi Aqtöbe viloyat sudi matbuot xizmati rahbari Anor Aytjanova.

Beş kişi ayblanuvçi sifatida qayd etilgan, ularning uç nafari yonib ketgan avtobus haydovçilari, «Aziya tranzit servis» korxonasi ta'sisçisi va mexanigi.

Haydovçilar qölga olingan paytdan boşlab hibsda saqlanmoqda, ular ikki yoki undan köproq kişining ölimiga sabab bölgan transport vositalaridan foydalaniş qoidalari, yonğin xavfsizligi qoidalarini buzganlikda ayblangan.

Kompaniyaning işçilari tijorat taşkilotlaridagi vazifalarni notöğri bajariş, ikki yoki undan ortiq kişining ölimiga sabab bölgan nosoz avtotransport vositasini foydalanişga çiqariş, rasmiy hujjatni soxtalaştiriş, soxtalaştirilgan hujjatdan foydalanganlikda ayblanmoqda.

Avtobus egasi xalqaro qidiruvga berilgan.

Eslatib ötamiz, 18 yanvar kuni Qozoğistonda yölovçi avtobusi yonib ketişi oqibatida 52 kişi halok böldi. Ular Özbekiston fuqarolari edi.