Toşkent viloyati Bekobod tumanida "Oila markazi" ning yangi binoga köçişi munosabati bilan oçiliş marosimi böldi. Qulay va şinam şaroitda oçilgan markaz endi xotin-qizlar qömitasi va FXDYo bölimi bilan hamkorlikda oilalarni mustahkamlaşdagi hamkorlik işlarini yanada kuçaytiradi.Markaz yonida "Xonqizi" MÇJ iş boşladi. Tadbirkor Şohida Ermatova rahbarligidagi tikuvçilik sexida 50 ta iş örni yaratildi. Unga ehtiyojmand oilalar, nogironligi bölsa-da mehnatga layoqatli xotin-qizlar, jinoyat sodir etib xotin-qizlar qömitasining Kafolat xati bilan jazodan ozod etilgan va jamoatçilik nazoratiga olingan 2 nafar qizlarni xam bandligi taminlandi. Bundan taşkari 5 ta til böyiça "Öquv markazi" va "Psixolog maslahatxona" si xam oçildi. Oçiliş marosimida viloyat hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi O.Parpiboyeva, Oila ilmiy amaliy tadqiqot markazi viloyat boşqarmasi rahbari D. Muhammedova, viloyat Tadbirkor ayollar uyuşmasi raisi M.Qodirxonova iştirok etişdi. Bunday foydali, maqsadli va savobli işlar kölamini kengaytiriş işlarini tuman rahbarlari dasturilamal qilib olişgan

















