MDHga a'zo davlatlarning boş prokurorlari muvofiqlaştiruv kengaşining navbatdagi, 28-majlisi 2018 yil 20 sentabr kuni Duşanbe şahrida bölib ötadi. Bu haqda «Aziya-Plyus» Tojikiston Boş prokuraturasiga asosan xabar bergan.

Mahkama ma'lumotlariga köra, Rossiya boş prokurori Yuriy Çayka raislik qiluvçi majlisda 9 mamlakat - Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston boş prokurorlarining iştirok etişi kutilyapti.

Boş prokurorlar hamkorlikni rivojlantiriş, axborot almaşiş, iş tajribasi va kadrlar tayyorlaş sohasidagi masalalarni muhokama qiladi.

«MDH davlatlari prokurorlarining Duşanbe uçraşuvidagi kun tartibining yakuniy varianti işlab çiqilmoqda», - deya xabar qilişgan vazirlikdan.