IIBB Toshkentda daraxtlarning kesilish holati bo‘yicha «maxsus nazorat» joriy qilyapti
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev va Jamoatchilik kengashi raisi Xikmat Abdurahmonov bilan daraxtlarni noqonuniy kesish masalasini muhokama qildi.
«Uchrashuv davomida ushbu muammoni darhol hal qilish bo‘yicha turli takliflar muhokama qilindi, u kuchli ijtimoiy rezonansni keltirib chiqarmoqda. Hokim faqat qurigan va kasallangan daraxtlarni hokimning imzosi qo‘yilgan hamda tegishli raqamlangan holda kesish uchun yagona ruxsatnoma berishni taklif etdi», - deya xabar berishdi Jamoatchilik kengashidan.
Hokim daraxtlarni ekish uchun hashar o‘tkazish taklifini ilgari surdi. Bundan tashqari, mebel ishlab chiqarish sexlarining faoliyatini tartibga solish masalasi ko‘tarildi, «bunga soliq organlarini jalb etishga qaror qilindi».
Rustam Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, bundan buyon «ichki ishlar idoralari daraxtlarni kesish bo‘yicha shikoyatlarga javob berish ustidan maxsus nazorat o‘rnatadi». «Biz shahar aholisini 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishga chaqiramiz. Biz albatta chora ko‘ramiz», dedi u. IIBB boshlig‘i taxtani olib chiqib ketish holatlari yuzasidan yuk avtomobillarini nazorat qilish kuchaytirilishini bildirdi.
Shuningdek, ushbu masala yuzasidan arizalar soni to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib olindi. «Jamoatchilik kengashi ushbu masala bo‘yicha IIBB statistikasi haqida aholini har hafta xabardor qiladi», - dedi IIBB huzuridagi multimedia markazi rahbari o‘rinbosari Irina Sayfullina.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024