Şimoliy Koreyada raketa dvigatellari sinovdan ötkazilgan Soxe poligonidagi muhim obektlarni buzişga kirişildi. Bu haqda Reuters Jon Xopkins nomidagi universitet huzuridagi tadqiqot guruhi hisobotiga asosan xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga köra, raketa-taşuvçilarni yiğiş uçun işlatilgan bino, şuningdek, ballistik raketalar sinoviga möljallangan maydonçalarni buziş işlari olib borilmoqda.

«Bu obektlar Şimol qit'alararo ballistik raketa dasturi uçun texnologiyalarni rivojlantirişda muhim örin tutgani sababli, buziş işlari böyiça bu sa'y-harakatlar Şimoliy Koreya özaro işonçni örnatişga jiddiy harakat qilayotganidan dalolat beradi», - deya qayd etiladi hujjatda.