Joriy yilning 12 avgust kuni Qozoğistonning Aqtau şahrida V Kaspiy sammiti bölib ötadi.

Qozoğiston Taşqi işlar vazirligining xabar berişiça, unda Kaspiyböyi davlatlari - Qozoğiston, Ozarboyjon, Eron, Rossiya va Turkmaniston rahbarlari iştirok etadi.

Sammitda tomonlar Kaspiy dengizining huquqiy maqomi, iqtisodiyot, transport, ekologiya va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiliş niyatida.

Sammitning asosiy yakuniy hujjatiga Kaspiy dengizi huquqiy maqomi töğrisidagi konvensiya aylanişi lozim. Şuningdek, bir qator beş tomonlama hukumatlararo hujjatlarni imzolaş rejalaştirilmoqda.