Belarus prezidenti, mamlakat Milliy olimpiya qömitasi rahbari Aleksandr Lukaşenko Xalqaro basketbol federatsiyasi boş kotibi Patrik Baumann bilan uçraşuv çoğida Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) harakatlarini tanqid ostiga oldi, deb xabar qilmoqda TASS.
«Bizda Xalqaro olimpiya qömitasiga köplab savollar bor. Mening fikrimça, tuzilma şunçaki byurokratik emas, u ba'zida mas'uliyatsiz hamdir. U yerda qandaydir lavozimni egallagan şaxslar juda tezlik bilan «bronzalaşadi». Men Milliy olimpiya qömitasi rahbari sifatida navbatdagi tadbirda xalqaro sport jamoatçiligiga bu ma'lumotni yetkazişga majburman», - dedi Lukaşenko.
Belarus prezidenti XOQ dopingga nisbatan qoidalar böyiça siyosatini özgartirişiga umid bildirmoqda.
«Biz halol sport tarafdorimiz, biz xalqaro taşkilotlarning şaffof faoliyati tarafdorimiz, jumladan XOQning ham», - deya qöşimça qilib ötdi u.












