Bugun, 24 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev 61 yoşni qarşiladi. Kun davomida dunyo davlatlari rahbarlaridan qutlovlar kelişi davom etmoqda.

Şavkat Mirziyoyev 1957 yilning 24 iyulida Jizzax viloyatining Zomin tumanida, şifokor oilasida tuğilgan. 1981 yili Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida boşlab, kiçik ilmiy xodim, katta öqituvçi, dotsent, öquv işlari böyiça prorektor lavozimlarida işlagan. 1992 yilda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani hokimi lavozimiga tayinlangan, 1996–2001 yillarda Jizzax viloyati, 2001–2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat körsatgan.

Ş.Mirziyoyev 2003 yilda Özbekiston Respublikasining Boş vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan uşbu lavozimga yana uç marta qayta tasdiqlandi.

2016 yil sentabrida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov vafotidan keyin vaqtinça davlat rahbariga aylandi, 2016 yilning oktabrida Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan prezidentlik uçun saylovga nomzod sifatida körsatildi, 4 dekabr kuni ötkazilgan saylovda mutlaq ustunlikka erişib (88,61 foiz ovoz), Özbekiston Respublikasi prezidentiga aylandi.

Yangi prezident lavozimga kirişgaç, uzoq vaqt kutilgan islohotlar ötkaza boşladi, avvalgi epoxadagi yirik amaldorlarning korruptsion jinoyatlari foş etila boşlandi. Prezident taşabbusi bilan 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb ataldi, yil davomida davlat taşkilotlari «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilişi kerak» şiori ostida işlay boşladi, prezident va xalq qabulxonalari oçilib, murojaatlar asosida odamlarning muammolari hal etib berila boşladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda ta'lim, fan, soğliqni saqlaş tizimlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş, yoşlarning soğlom va barkamol bölib voyaga yetişlari uçun munosib şart-şaroitlar yaratiş, onalik va bolalikni kuçli muhofaza qiliş ustuvor vazifa sifatida muhim örin egalladi. Xususan, endi öquvçi va talabalar, öqituvçilar majburiy mehnatga jalb etilişi taqiqlandi, pedagoglarning oylik maoşlari miqdorini oşiriş böyiça topşiriqlar berildi.