2019 yilgi Tokio Olimpiadasi taşkilotçilari çipta narxlari 18 AQŞ dollarigaça bölişi mumkinligini e'lon qilişdi. Ba'zi öyinlarga kiriş narxlari 2 ming 20 iyena (17.96 AQŞ dollari) deb belgilangan, lekin bu faqat guruh bölib kiruvçi tomoşabinlar uçun. Individual çipta narxlari 2 ming 500 iyena (22.23 AQŞ dollari)dan boşlanadi.
Barça çiptalarning yarmidan köpi 8 ming iyena (71.15 AQŞ dollari)dan arzonga sotiladi. Eng arzon çiptalar futbol, xokkey va marafon öyinlari uçun sotiladi.
Tokiodagi narx-navo London Olimpiadasiniki bilan baravar. Ammo Rio-2016 öyinlaridan qimmatroq.
London-2012 olimpiadasida oçiliş marosimi narxlari 2 ming 618 AQŞ dollari (eng qimmat) edi. Atletikaçilar musobaqalari uçun narxlar 130 ming iyena (156 AQŞ dollari) bölişi kutilmoqda.
Çiptalar 2019 yil bahorida sotuvga qöyiladi. Xalqaro miqyosda sotiladigan çipta narxlarini belgilaş strategiyasi hali e'lon qilinmadi.











