Mohirxöja Valiyev “Toşşahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

U bunga qadar “US ATI” mas'uliyati çeklangan jamiyati boş direktori lavozimida işlagan.

Mohirxöja Valiyev

Mohirxöja Valiyev 1983 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (2005).

2014-2017 yillarda - “Toşşahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati raisining moliyaviy iqtisodiy masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan. 2017 yilda - “AZIA ABM TRANS” mas'uliyati çeklangan jamiyati direktori lavozimida işlagan.

2017 yilning may oyidan beri “Toşşahartransxizmat” raisi sifatida işlab kelgan Anvar Jörayev qayerga işga ötkazilgani hozirça noma'lum.